Xitoyning Shensi provinsiyasi hukumati Transport universitetiga 1,8 mln AQSh dollari miqdorida ta’lim granti ajratdi
2025-07-21 10:00:00 / Yangiliklar
Shensi provinsiyasi hukumati tomonidan Toshkent davlat transport universitetiga ajratilgan grantlar orqali o‘zbekistonlik yoshlar Changan universitetida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ta’lim granti umumiy qiymati 13 million yuanga (taxminan 1,8 million AQSh dollari) teng bo‘lib, 10 nafar PhD, 40 nafar magistratura va 60 nafar bakalavr bosqichi talabalarini qamrab oladi.
Dasturlar 1+1 magistratura va 2+2 bakalavriat shaklida amalga oshiriladi.
Mazkur grant dasturi O‘zbekiston–Xitoy ta’limiy hamkorligining muhim natijasi bo‘lib, yoshlarimizga xalqaro tajriba, zamonaviy bilim va nufuzli diplomga ega bo‘lish imkonini yaratadi.
