Qonun loyihasi ko‘rib chiqildi
2025-07-09 15:00:00 / Yangiliklar

Amaldagi “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi Qonunda tranzit ruxsatnomasini berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza olingan kundan eʼtiboran o‘ttiz kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinishi, zarur hollarda esa mazkur muddat uzaytirilishi mumkinligi belgilangan.
Biroq Qonunda ushbu muddatni uzaytirishga asos bo‘luvchi holatlar hamda uzaytirilishi mumkin bo‘lgan muddat chegarasi aniq belgilanmagan.
Amaldagi qonunchilikdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida muhokama qilinayotgan Qonun bilan tranzit ruxsatnomasini berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza olingan kundan eʼtiboran yigirma kundan oshmaydigan muddatda qabul qilinishi, mazkur muddatni uzaytirishga asos bo‘luvchi holatlar hamda uzaytirish mumkin bo‘lgan muddat chegarasi aniq belgilab qo‘yilmoqda.
Qo‘mita aʼzolari tomonidan uning qabul qilinishi maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti hajmini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Majlis yakunida Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.







