“Korrupsiya – jamiyat va taraqqiyot kushandasi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
2025-06-26 13:00:00 / Yangiliklar

Transport vazirligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik hamda davlat rahbarining tegishli qaror va farmonlari mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ana shunday tadbirning navbatdagisi Farg‘ona hamda Andijon viloyati transport boshqarmalarida tashkil etildi. Tadbirda boshqarma, Yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi, Transport nazorati inspeksiyasi avtomobil va suv transportida nazorati hududiy bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Transport vazirligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘lim boshlig‘i N.Komilov, Yuridik bo‘lim bosh yuriskonsulti A.Ostonov, Transport nazorati inspeksiyasi Metodologiya bo‘limi boshlig‘i O‘.Ochilovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Ular so‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish, davlat organlarining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlanish borasida amalga oshirilgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.







