Eco Expo Central Asia 2025 – Barqaror va "yashil" kelajak sari
2025-06-19 16:00:00 / Yangiliklar

Pavilon transport sohasida ilg‘or ekologik texnologiyalarni joriy etish, elektromobillik sohasida tajriba almashish va shaharlarda barqaror transport tizimlarini yaratishga qaratilgan.
Ko‘rgazmaning birinchi ish kunida BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda “Yashil transport – past uglerodli shahar mobilligiga yo‘l” mavzusida tadbir tashkil qilindi.
Unda, sohadagi dolzarb masalalar, aholi mobilligini ekologik toza jamoat transport turlari orqali ta’minlash, elektromobillarni quvvatlash infratuzilmasi hamda yashil shahar transport yo‘laklari loyihalari muhokama qilindi.
Ko‘rgazma hamda “Yashil transport” pavilyoni o‘z ish faoliyatini Central Asia Expo (CAEx) ko‘rgazma markazida joriy yilning 21-iyun sanasiga qadar davom ettiradi.








