Transmodal MDS kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-06-18 16:00:00 / Yangiliklar
Uchrashuvda markaz direktori Bekzod Xolmatov, shuningdek, “Transmodal MDS” kompaniyasining yetakchi ekspertlari Mayk Hetfild va Antonella Teodoro ishtirok etdi.
Muloqot davomida Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksi (Logistics Performance Index – LPI) yangilangan metodologiyasi asosida O‘zbekistonning ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, ularni yaxshilash imkoniyatlari va amaliy yechimlarni ishlab chiqish masalalari muhokama etildi.
O‘zbekiston yuklarini mamlakat uchun yaqin bo‘lgan dengiz portlariga samarali yetkazish, transport logistika zanjirini optimallashtirish va yetkazib berish muddatlarini qisqartirish borasida fikr va takliflar almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro axborot almashinuvini davom ettirish va hamkorlik doirasini aniq yo‘nalishlar asosida kengaytirishga kelishib olishdi.
