Estoniya va Slovakiya vakolatli organlari bilan xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi
2025-06-12 15:00:00 / Yangiliklar
Bugun, 12-iyun kuni videokonferens-aloqa shaklida Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Estoniya hamda O‘zbekiston – Slovakiya qo‘shma komissiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi.
Muzokaralar davomida tomonlar 2025-yil uchun tranzit ruxsatnoma blankalarini almashish kvotasini belgilab olishdi. Milliy tashuvchilar tomonidan tegishli ruxsatnoma blankalari ishlatib bo‘lingandan so‘ng qo‘shimcha ravishda almashish bo‘yicha kelishib olindi.


