Ilg‘or intellektual transport tizimlari sohasidagi innovatsiyalar
2025-06-02 10:00:00 / Yangiliklar

ITS Asia-Pacific Forum — Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining intellektual transport tizimlari sohasidagi milliy yutuqlari va sohani rivojlantirishga bag‘ishlangan strategik muhokamalarda 20 dan ortiq davlatlarning transport, qurilish va axborot texnologiyalari bo‘yicha vazirliklar rahbariyati va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Uch kun davomida forum ishtirokchilari ilg‘or intellektual transport tizimlari sohasidagi innovatsiyalar, strategiyalar, yangi startap loyihalari hamda mazkur yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama etishdi.
Forum ishida O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosari Ilhomjon Abdugafarov ishtirok etdi. Forumning ochilish marosimidagi nutqida I.Abdugafarov O‘zbekistonda jamoat transporti tizimini transformatsiya qilish va raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.







