DIQQAT E’LON!!!
2025-05-29 17:00:00 / Yangiliklar
Transport vazirligi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi serverlari yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 29-may ish kuni yakuni bilan tarmoq infratuzilmasini ko‘chirish hamda profilaktika ishlari boshlanadi.
Mazkur jarayonda Transport sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan barcha axborot tizimlari vaqtincha ishlamasligini ma’lum qilamiz.
Xususan, "E-avto ruxsatnoma" AT, "E-permit" elektron ko‘p tomonlama yuk tashish uchun ruxsatnomalarni berish, tekshirish, boshqa davlatlar bilan elektron blanklar kvotalarini almashish vaqtincha to‘xtatiladi.
Shuningdek, bojxona tekshiruvi uchun olinadigan "E-permit” lar holati bo‘yicha ma’lumot olish profilaktika ishlari yakunlangunga qadar cheklanadi.
