“Toshkent – Andijon” pulli avtomobil yo‘li tenderning birinchi bosqichi uzaytirildi
2025-05-19 17:00:00 / Yangiliklar
Hurmatli Tender ishtirokchilari,
“Toshkent – Andijon” pullik avtomobil yo‘lini qurish loyihasining malaka takliflarini (RFQ) topshirish 2025-yil 21-iyun, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar, ya’ni dastlab belgilangan sanadan boshlab 30 kunga uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.
Shu bilan birga, tushuntirish so‘rovlarini (Clarification Requests) taqdim qilish muddati 2025-yil 6-iyun etib belgilandi.
Qo‘shimcha savollaringiz yuzasidan dxshtender@imv.uz va tar@arup.com elektron pochtalariga murojaat qilishingiz mumkin.
