Transport vaziri o‘rinbosari Misr elchisi bilan uchrashdi
2025-05-08 16:00:00 / Yangiliklar
Bugun, 8-may kuni Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Misr Arab Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Tamer Fathi Abdussalom Hammad bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator masalalarni muhokama etishdi.
Xususan, Misr aviakompaniyalari tomonidan muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yish hamda Misr aviatsiya akademiyasida uchuvchilarni tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida elchi janoblari O‘zbekiston mahsulotlarini Afrika mamlakatlariga eksport qilish uchun Misrda O‘zbekiston logistika markazini rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi.

