Toshkent davlat transport universitetida “Innovatsion temir yo‘l transporti” kompetensiyalarini oshirish markazi ochildi
2025-05-01 15:00:00 / Yangiliklar

Dual ta’lim tizimi nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligini ta’minlab, talabalar va xodimlarga ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Yangi markaz zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari, trenajyorlar va interaktiv o‘quv materiallari bilan ta’minlangan bo‘lib, transport va metropoliten sohalarida ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy etish uchun barcha sharoitlarni yaratadi.
Mazkur markazning tantanali ochilish marosimida universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, professor Bahodir Turayev “Transmashxolding” Korporativ universiteti direktori Natalya Shishlakova hamda Toshkent metropoliteni DUK, TMX, “Metrovagonmash” AJ rahbariyati vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir ishtirokchilari ushbu loyiha nafaqat Toshkent metropoliteni, balki butun mamlakat transport sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashda muhim qadam bo‘lishini ta’kidladilar.
Shuningdek, hamkorlik doirasida malakali murabbiylar ishtirokida muntazam ravishda o‘quv kurslari, seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va ta’lim-amaliy dasturlarni kengaytirish yuzasidan kelishib oldilar.





