Korrupsiya – jamiyat va taraqqiyot kushandasi
2025-04-24 14:00:00 / Yangiliklar

Xususan, davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 21-aprel kuni imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon hamda “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ushbu illatga qarshi kurashish yo‘nalishida qator vazifalar belgilab berildi.
Transport vazirligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik hamda davlat rahbarining tegishli qaror va farmonlari mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida vazirlik Komplayens nazorat xizmati tomonidan navbatdagi targ‘ibot tadbirlarii o‘tkazildi.
Vazirlik markaziy apparati, hududiy transport boshqarmalari hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda ushbu illatga qarshi toqatsizlik va murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishi, xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, yuqori professional darajada va vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishi lozimligi yana bir bor ta’kidlab o‘tildi.






