Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-04-08 09:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda O‘zbekiston transport tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, sohada xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, transport xizmatlari bozorini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
B.Xolmatov O‘zbekistonda transport va logistika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, zamonaviy transport infratuzilmasini yaratish, xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish, logistika markazlari va intermodal tashish tizimlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar va kelgusidagi rejalarga to‘xtalib o‘tdi.
Jahon bankining katta iqtisodchi-eksperti Kristina Viyederer O‘zbekistonda transport va logistika sohasini rivojlantirish borasida qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ahamiyatini ijobiy baholab, mazkur yo‘nalishdagi islohotlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, uchrashuvda Logistika samaradorlik indeksi (LPI) bo‘yicha O‘zbekiston ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan ishlar natijasida erishilayotgan ijobiy o‘zgarishlar yuqori baholandi.
Uchrashuv so‘ngida delegatsiyasi rahbari Fransisko Kampos transport logistika sohasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirish, ularning samaradorligini oshirish va ustuvor yo‘nalishlar Jahon banki tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishi va kelgusida loyihalar doirasida hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.



