Metropolitenda xizmatlar sifatini oshirishda Koreya tajribasi o‘rganilmoqda
2025-03-14 12:00:00 / Yangiliklar
Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, “Toshkent metropoliten” DUK hamda Transport nazorati inspeksiyasi xodimlari xizmat safari bilan Janubiy Koreya Respublikasida bo‘lib turishibdi.

Safar davomida metropolitenda xizmatlar sifatini oshirish hamda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash borasida Janubiy Koreyalik hamkasblar tajribasi o‘rganilib, ijobiy jihatlarni amaliyotda tatbiq etish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etilmoqda.
Shuningdek, kelgusida transport tizimini rivojlantirish borasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqilmoqda.
Tashrif davomida "Toshkent metropoliteni" DUK hamda Hyundai Movex kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Jumladan, mas’ullar Hyundai Movex kompaniya tajribasini o‘rganish barobarida Toshkent metropolitenidagi mavjud vaziyatlarni bartaraf etish choralarini ham ko‘rib chiqishmoqda.



