Markaziy Osiyoda barqaror transport siyosatini shakllantirish qaratilgan amaliy yechimlar muhokama etildi
2025-03-14 11:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda ishtirokchilar mintaqaviy bog‘liqlik, infratuzilmani strategik rejalashtirish, chegaralararo savdo tartib-qoidalarini soddalashtirish va infratuzilmaga barqaror sarmoyalar kiritish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va innovatsion texnologiyalar yordamida transport samaradorligini oshirish kabi strategik masalalarni muhokama qildilar.
Transport vazirining o‘rinbosari Ilhomjon Abdug‘afarov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi mintaqaviy transport infratuzilmasini rivojlantirish va logistika jarayonlarini soddalashtirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, Jahon banki vakillari bilan Toshkent–Andijon avtomobil yo‘lining qurilishi va boshqa dolzarb transport infratuzilma loyihalari yuzasidan ma’lumot almashildi.
Tadbirning ikkinchi kuni texnik seminarlar, interaktiv mashg‘ulotlar va ekspertlar almashinuvi bilan davom etdi. Ishtirokchilar transport infratuzilmasini integratsiyalash, logistika jarayonlarini soddalashtirish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha ilg‘or tajriba va tavsiyalarni muhokama etishdi. Bu bosqich kelgusida barqaror transport siyosatini shakllantirish va iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan amaliy yechimlarni ishlab chiqish uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qildi.
Ushbu ikki kunlik siyosiy muloqot Markaziy Osiyo transport bog‘liqligini yanada mustahkamlash, ekologik va iqtisodiy jihatdan barqaror transport tizimlarini yaratish yo‘lida sezilarli yutuqlarga erishish imkoniyatlarini ochib berdi. Muloqot davomida erishilgan natijalar va kelajakdagi tashabbuslar mintaqaning transport sohasidagi hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi.