Malayziyaning AirAsia X aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
2025-02-06 10:00:00 / Yangiliklar
“O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va Malayziya Davlati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitimga asosan 2025-yil 3-fevralida “Air Asia X Berhad” aviakompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasiga Kuala-Lumpur – Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berildi.

Aviakompaniya tomonidan mazkur yo‘nalishda parvozlar A330 havo kemasida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda ikki davlat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar “Uzbekistan Airways” AJ (haftaning chorshanba va yakshanba kunlari) va “Batik Air” (haftaning dushanba, juma va shanba kunlari) tomonidan Toshkent – Kuala-Lumpur yo‘nalishida haftasiga jami 5 ta qatnov amalga oshirilmoqda.
2024-yilda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida jami 49 749 ta yo‘lovchi tashilgan.
