UMRA ZIYORATCHILARINI MENINGITGA QARSHI EMLASH BO‘YICHA XABARNOMA
2025-01-21 22:50:00 / Yangiliklar

Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2025-yilda mamlakatga tashrif buyuruvchilar, jumladan «Umra» ziyoratchilari uchun meningitga qarshi emlanish majburiy etib belgilangani ma’lum qilindi.
Shu bois, Din ishlari qo‘mitasi ziyoratchilar odamlar gavjum joylarda himoya niqoblaridan foydalanishlari, shaxsiy gigiyenaga rioya qilishlari va kasallikdan saqlanish ehtiyot choralarini ko‘rishlarini tavsiya qilmoqda.
Saudiya Sog‘liqni saqlash vazirligi joriy etgan tartib-qoidaga ko‘ra, emlanish podshohlikka kirishdan kamida 10 kun oldin amalga oshirilgan bo‘lishi lozim. Emlanganlik sertifikatining amal qilish muddati 3 yilni tashkil etadi.
Umra safarini niyat qilgan fuqarolarimiz respublikamizning barcha markaziy poliklinikalari yoki vaksinatsiya markazlarida meningitga qarshi emlanishlari mumkin.
