Toshkent – Urganch – Toshkent yo'nalishida qo'shimcha poyezd qatnovlari
2024-12-12 18:30:00 / Yangiliklar
Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida "Toshkent — Urganch — Toshkent" yoʻnalishida qoʻshimcha poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyildi.

Qatnovlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
2024-yilning 17, 19, 21, 24, 26, 28-dekabr va 2025-yilning 7, 9, 11-yanvar kunlari 156-sonli "Toshkent — Urganch" yoʻnalishi:
Toshkent Markaziy 23:55 — Urganch 13:35
2024-yilning 17, 19, 21, 24, 26, 28-dekabr va 2025-yilning 7, 9, 11-yanvar kunlari 155-sonli "Urganch — Toshkent" yoʻnalishi:
Urganch 18:00 — Toshkent Markaziy 9:47
Chiptalarni temir yo‘l kassalaridan hamda elektron tarzda quyidagi havola orqali xarid qilish mumkin: eticket.railway.uz
