"Uzbekistan Airways" qishki ta’til oldidan talabalar uchun chegirma e’lon qildi
2024-12-10 13:45:00 / Yangiliklar
Aviakompaniya o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 2024-yil 23-dekabrdan boshlab, 2025-yil 7-yanvargacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50 % chegirma e’lon qildi.

Chegirma davlat muassasasida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.
50% gacha chegirmali aviachiptani Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilish mumkin.
