"Xon atlas" festivali – qadriyatlarimiz ziyna
2024-09-13 10:50:00 / Ma'naviyat va ma'rifat
Yurtimizda milliy hunarmandchiligimizni rivojlantirish, milliy qadriyat va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish maqsadida 9-14 sentabr kunlari an’anaviy “Xon atlas” festivali o‘tkazilmoqda.

Atlas va adras kabi ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam.
Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Xon atlas” festivali doirasida Transport vazirligi markaziy apparatida xizmat qilayotgan ayollar ham faol ishtirok etishmoqda.





