Toshkent – Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi soni ko‘paytirildi
2024-07-25 18:35:00 / Yangiliklar
Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga ("Chorvoq" erkin turistik zonasiga) grafik asosida harakatlanuvchi mavsumiy avtobuslar qatnovi ko‘paytirildi.

Endilikda avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da jo‘naydi.
Chorvoqdan (Humson) esa 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00 harakatlanadi.
Qatnovlar "Uzautotrans service" korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 20 000 so‘m etib belgilangan.





