Yuk avtomobillarining hajm va vazn parametrlari nazorat qilinmoqda
2024-07-17 / Voqealar taqvimi
Avtomobil yo‘llari tarmog‘ini soz holatda saqlash, qolaversa, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida M-39 “Olmaota – Bishkek – Toshkent – Shahrisabz – Termiz” avtomobil yo‘lining 1441-1442-kilometrlarida ko‘chma tarozilar o‘rnatilib, yuk mashinalari vazn parametrlari nazorat qilib borilmoqda.

Mazkur hududda transport vositalarining vazn va hajm parametrlari o‘lchovini amalga oshirish uchun o‘rnatilgan maxsus uskunalar uzluksiz ravishda faoliyat yuritmoqda.
Nazorat tadbiri davomida belgilangan me’yordan ortiqcha yuk bilan harakatlanayotgan transport vositalari haydovchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, bu kabi holatlarni oldini olish yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.




