Maxsus o‘quv kursiga qabul e’lon qilindi
2026-04-21 11:00:00 / Yangiliklar

O‘quv kursi Toshkent davlat transport universitetida tashkillashtirilib, mazkur universitet talabalari va magistrantlari, shuningdek, Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi hamda Gidrometeorologiya xizmati agentligi (“Uzgidromet”) xodimlari uchun mo‘ljallangan.
Loyiha doirasida eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan 2 nafar faol tinglovchilar uchun 2026-2027 o‘quv yilida 1 haftalik xalqaro stajirovka ko‘zda tutilgan. Barcha xarajatlar loyiha hisobidan qoplanadi.
O‘quv kursidan maqsad tinglovchilarga elektr transporti va yashil shahar transporti tizimlarining zamonaviy holati, elektrobus parkini joriy etish loyihalarini amalga oshirish, yashil shahar transport yo‘laklarini loyihalash, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik afzalliklari hamda rivojlanish istiqbollari bo‘yicha chuqurlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni berish hamda transport tizimlarini rejalashtirish va ekspluatatsiya qilishda gender tengligi va inklyuziv mobillik tamoyillarini hisobga olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Kurs yakunida tinglovchilar:
elektr transport tizimlarining ishlash prinsiplarini tushunadi;
yashil transport infratuzilmasini loyihalash asoslarini biladi;
transport tizimlarining ekologik samaradorligini baholay oladi;
shahar transportida energiya samarador texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha takliflar bera oladi;
inklyuziv va xavfsiz shahar mobilligi bo‘yicha bilimga ega bo‘ladi.
Qo‘shimcha savollar va ma’lumotlar uchun telefon:
+998 90 315-41-83, +998 90 956-75-85.
E-mail: rektorat@tstu.uz
