Transport-logistika markazlari reytingi e’lon qilindi
2026-04-13 15:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktabrdagi “Transport-logistika markazlari faoliyatini va tranzit transport yo‘laklarini rivojlantirish to‘g‘risida”gi 633-sonli qarorida transport-logistika markazlari reytingini yuritish va bir yilda bir marotaba e’lon qilib borish belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi tomonidan Transport-logistika markazlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq reyestrga kiritilgan transport-logistika markazlari reytingi hisoblab chiqildi hamda Transport vazirligining Uztrans rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.
Reyting ballari 2025-yil martdan 2026-yil 1-martgacha bo‘lgan davr uchun hisoblangan.
Hisoblash natijalariga ko‘ra, jami 27 ta (shundan 26 tasi xalqaro va 1 tasi hududiy) transport-logistika markazi reyting shkalasi bo‘yicha quyidagicha baholandi: 1 ta yuqori (A), 23 ta o‘rta (7 ta BBB, 7 ta BB va 10 ta hamda 2 ta qoniqarli (CC) ball to‘pladi.
