Payshanba – Yoshlar kuni
2026-04-02 16:00:00 / Yangiliklar

Mazkur tashabbus doirasida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda Toshkent davlat transport universiteti bilan hamkorlikda “Yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Transport vazirligi markaziy apparati va tizim tashkilotlari yoshlari ishtirok etishdi.
So‘nggi yillarda ekologik muammolar nafaqat hukumat, balki keng jamoatchilik diqqat markazida turibdi. Ayniqsa, yoshlarning atrof-muhit muhofazasidagi faol ishtiroki ekologik savodxonlikni oshirish, yashil tashabbuslarni amalga oshirish va barqaror rivojlanish maqsadlarini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyatga ega.
Uchrashuvda “Transport energetik qurilmalari” kafedrasi professori Y.Shadimetov yoshlarning atrof-muhit muhofazasidagi faol ishtiroki ekologik savodxonlikni oshirish, yashil tashabbuslarni amalga oshirish va barqaror rivojlanish maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga bag‘ishlangan ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida atrof-muhit va tabiatni kelajak avlod uchun asrashda yoshlarda ekologik ta’lim, ekologik madaniyat hamda ekologik amaliyotning ahamiyati to‘g‘risida fikr almashildi.



