Sankt-Peterburgda xalqaro transport-logistika forumi o‘z ishini boshladi
2026-04-01 15:00:00 / Yangiliklar
Bugun Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida Xalqaro transport-logistika forumi o‘z ishini boshladi.

Mazkur forum transport va logistika sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, ilg‘or tajriba almashish hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi muhim platforma hisoblanadi.
Forum doirasida transport-logistika tizimini rivojlantirish, normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, sohani raqamlashtirish, shuningdek, innovatsion texnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashilmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov ishtirok etmoqda. 3-aprel kuniga qadar davom etuvchi mazkur forum transport sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.




