"Yoshlar kuni” — e’tibor, qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar
2026-03-26 16:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 - yil 24 - fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida berilgan topshiriqlarga muvofiq, har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilangan.

Mazkur tashabbus doirasida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga Toshkent shahri Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi 38 nafar ishsiz yoshlar biriktirilgan.
Joriy yilning 26-mart kuni vazirlik yoshlar yetakchisi Baxtinur Sindorov hamda mas’ul xodimlar ishtirokida ushbu yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda yoshlarning kelajak rejalari, qiziqishlari hamda mavjud imkoniyatlar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Yakunda esa Yoshlar ishlari agentligining tuman rahbari va mahalla yoshlar yetakchisi bilan birgalikda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni ish bilan ta’minlash bo‘yicha keyingi aniq qadamlar belgilab olindi.

