Hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi
2026-03-13 15:00:00 / Yangiliklar

Har yili Navro‘z bayrami arafasida barcha hududlarda umumxalq xayriya hasharlari tashkil etilishi qadriyatlarimizning boqiyligidan dalolatdir.
Joriy yil 13–14 - mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Ushbu ezgulik tadbiriga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida mehnat jamoalari obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etishmoqda.
Xususan, Transport vazirligi, uning tizim va sohaviy tashkilotlaridan 300 nafardan ortiq xodimlar bugun Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi “Transportchilar bog‘i” hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish va bahorgi ko‘chat ekish ishlarida faol ishtirok etishdi.
Xalqimizga xos bo‘lgan birdamlik, mehr-muruvvat, ozodalik kabi ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etgan xayriya hashari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.





