Transport vazirligida bayram tadbiri
2026-03-06 16:00:00 / Yangiliklar

Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Markaziy apparatida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik rahbariyati, xotin-qizlar jamoasi hamda vazirlik xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilarini Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev qutlar ekan mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan transport tizimida bugun yuzlab ayollar samarali mehnat qilib kelayotganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir davomida mamlakatimiz transport sohasida uzoq yillar mobaynida fidoyilik bilan xizmat qilib kelayotgan, o‘zining ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan “Toshkent metropoliteni” DUK ning Ma’muriy xo‘jalik xizmati xodimi Dadamuxamedova Gulnoz Xaydarovnaga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.





