Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi
2026-03-06 10:00:00 / Yangiliklar

Yurtimizning barcha go‘shalarida keksa nuroniylarga ehtirom ko‘rsatish, ehtiyojmandlarni yoqlash, bemorlarning holidan xabar olishga yo‘g‘rilgan ezgu tadbirlar ko‘lami kun sayin kengaymoqda.
Prezidentimizning "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida" gi qarori, unda belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” shiori ostida Qarshi shahrida iftorlik dasturxoni yozildi.
Transport vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur xayriya tadbirida kam ta’minlangan oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar ishtirok etdi.
Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov, Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, “Uzbekistan airports” AJ boshqaruv raisi Javlonbek Umarxodjayev, mehnat faxriylari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ham qatnashdi.
Mohi ramazon shukrona, mehr-oqibat va saxovat oyi sanaladi. Shu bois ham bugungi kunlar har qachongidan fayzli. Iftorlik dasturxonida ona yurtga tinchlik, yurtdoshlarimizga omonlik tilagan holda duolar qilindi.





