Transport vazirligida “Yoshlar kuni” doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-02-26 16:15:00 / Yangiliklar

Mazkur tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Transport vazirligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda vazirning xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi B.I. Rasulov ishtirok etib, vazirlik markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot olib bordi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, kasbiy va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, sport va san’atga qiziqishni rag‘batlantirish, ta’lim va malaka oshirish yo‘nalishida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish bo‘yicha yoshlarning takliflari tinglandi hamda tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.








