Oliy sudda “Transport sohasiga oid nizolarning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida seminar-mashg‘ulot o‘tkazildi
2026-02-12 11:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 11-fevral kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Transport vazirligi, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti vakillari hamda ma’muriy sudlar sudyalari ishtirok etdi.

Seminarda avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni o‘tkazish hamda litsenziyalashtirish jarayonlariga oid qonunchilik normalarini talqin qilishga oid masalalar muhokama qilindi.
Manfaatdor tashkilotlar vakillari kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini shakllantirib, keyingi seminarlarda o‘zaro muvofiqlashtirilgan yondashuvni aniqlashga kelishib oldilar.





