Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi
2026-02-09 14:00:00 / Yangiliklar

Asrlar osha barhayot bo‘lib kelayotgan Navoiy merosi bu nafaqat adabiy boylik, balki inson qalbi, ma’naviy kamoloti, tafakkuri uchun bebaho manba hisoblanadi. Adib ma’naviy merosi bu milliy qadriyatlarimizning bebaho qismi, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shilgan ulkan va munosib hissadir.
Bugun erta tongdan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida so‘z mulkining sultoni, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 585-yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ziyolilar, ijodkorlar, tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari qatorida Transporti vazirligi markaziy apparati, tizim hamda sohaviy tashkilotlar xodimlari ham ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ulug‘ shoir haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, uning dahosiga hurmat bajo keltirildi.








