Pokistonning Karachi portida O‘zbekiston omborlari tashkil etiladi
2026-02-04 19:00:00 / Yangiliklar
Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov boshchiligida mamlakatimiz delegatsiyasi Pokistonning Dengiz ishlari vaziri o‘rinbosari Umar Zafar Sheyx hamda Karachi porti raisi Shaxid Axmed boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan ham uchrashdi.

Uchrashuvda Pokiston portlari orqali O‘zbekiston yuk tashuvlariga qulay sharoitlar yaratish, Karachi portida O‘zbekiston omborini tashkil etish, investorlarga imtiyozlar berish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra Karachi portida O‘zbekiston omborlarini tashkil etishga kelishildi.
