Hududlarda jamoat transporti harakatining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilmoqda
2026-01-26 17:00:00 / Yangiliklar

AGTKSH maxsus texnikalar va jamoat transportlari uchun kecha, 25-yanvar kuni 1,5 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Bugun 2,5 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib berilishi ta’minlanadi.
Xususan, Farg‘ona viloyatida soat 12:00 dan 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida jamoat transporti va kommunal xizmat transporti uchun 22 ta, Toshkent viloyati 14:30 dan 17:30 gacha 20 ta metan gaz quyish shoxobchasi orqali xizmat ko‘rsatildi. Qolgan hududlarda ham bu yo‘nalishda ishlar davom ettirilmoqda.
Ushbu ko‘rilgan choralar natijasida quvurlardagi gaz bosimini ko‘tarish orqali ayrim hududlarda, xususan, aholi xonadonlarida tabiiy gaz bosimi me’yoriy holatga keltirilmoqda.
Jarayonlarni viloyat hokimliklari tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari orqali muvofiqlashtirib boradi.

