Sayyor qabullarda aholi murojaatlari yechim topmoqda
2026-01-07 18:00:00 / Yangiliklar

Sayyor qabulda 20 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etib, 12 nafar shaxslardan turli masalalar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Xususan, murojaatlarning 10 tasi tumanning “Ittifoq”, “Turon”, “Gulbuloq”, “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidagi ichki yo‘llarni hamda Sayhun shaharchasidan Baxt shahriga ketish yo‘lini ta’mirlash, shuningdek, “Sintob” MFYdan – Baxt shahriga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish va yo‘lovchi tashuvlari sohasida faoliyat yuritish uchun litsenziya olish bilan bog‘liq masalalardan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy hal etildi. Hamda o‘rganish talab etiladigan 10 tasi bo‘yicha mutasaddi idoralar rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Sayyor qabul davomida Transport vaziri o‘rinbosari J.Choriyev, tuman hokimi birinchi o‘rinbosari G‘.Xoliqberdiyev, Tuman hokimining Qurilish bo‘yicha o‘rinbosari J.Tavbayev, viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i R.Ubaydullayev hamda Sayxunobod tuman Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi I.Sadikovlar “Nurli yo‘l” MFY Chortoq ko‘chasi qishloqqa olib boruvchi 4 km yo‘lning ta’mir talab qismini joyiga chiqqan holda o‘rganishdi.





