Qish mavsumiga tayyorgarlik: barqaror va xavfsiz yo‘lovchi tashuvlarini tashkil etish choralari ko‘rilmoqda
2025-12-13 11:00:00 / Yangiliklar

Qish mavsumida yo‘lovchi tashuvchi transport vositalarining texnik holati – gabarit chiroqlarining soz bo‘lishi, isitish, tormoz tizimlari hamda g‘ildiraklari yaroqli holda yurishiga korxona rahbarlari, haydovchilar va mas’ul xodimlar bevosita javobgar hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida olib borilayotgan o‘rganish jarayonida avtovokzal va avtostansiyalarda hududda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari, harakat xavfsizligini tashkil etishga mas’ul xodimlar hamda haydovchilar ishtirokida har bir transport vositasining texnik holati xatlovdan o‘tkazilib, transport vositalarining qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirilmoqda.
O‘rganish jarayonida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari, transport vositalarining haydovchilari va mas’ul xodimlariga yo‘llarda harakatlanishda amaldagi tartibga rioya etish, transport vositasini tegishli hujjatlar bilan texnik soz holda boshqarish, transport vositasining isitish va tormoz tizimlariga, shinalariga, qolaversa zaxira shinalarning holatiga alohida e’tibor qaratish lozimligi, shuningdek, tashuvlarni bajarish jarayonida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish, bu bo‘yicha har bir korxonada ish boshlanishidan avval haydovchilar uchun qo‘shimcha yo‘riqnomalar o‘tkazilishi lozimligi ta’kidlandi.









