Yangi ta’mirlangan «Hazorasp» temir yo‘l vokzali foydalanishga topshirildi
2025-12-09 10:00:00 / Yangiliklar
7-dekabr kuni Xorazm viloyatida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qayta ta’mirlanib, zamonaviy qiyofaga keltirilgan «Hazorasp» vokzali foydalanishga topshirildi.

Vokzalda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida, kutish zali, ona-bola xonasi, alohida kirish yo‘lagi tashkil qilingan holda chipta sotish (kassa) xonasi, VIP zal, personal xonalari zamon talablariga mos qilib tashkil etildi hamda isitish va sovitish (chiller) tizimi o‘rnatildi, zamonaviy mebel va jihozlar bilan ta’minlandi.
«Hazorasp» temir yo‘l vokzalida rekonstruksiyadan so‘ng bir vaqtning o‘zida 250 nafar, bir kecha-kunduzda 1000 nafarga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.




