Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasida Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi
2025-12-04 17:00:00 / Yangiliklar

Tadbirda Transport vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i, inspeksiya markaziy apparati va barcha hududiy bo‘limlar xodimlari, inspeksiya huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, tashuvchilar, xorijiy va mahalliy OAV xodimlari hamda blogerlar ishtirok etdilar.
Qatnashchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish, sohada shaffoflikni oshirish va aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.
Shu bilan birga, Avtomobil va suv transportida nazorat hamda Yo‘l-qurilish ishlarini nazorat qilish yo‘nalishlarida, shuningdek, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot taqdim etildi. Tadbir ishtirokchilariga nazorat tizimlarida raqamlashtirish jarayonlari, axborot platformalari va ularning samaradorlikka ta’siri haqida ham ma’lumot berildi.
Ochiq eshiklar kuni doirasida OAV va blogerlar inspeksiya faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, savol-javoblar o‘tkazilib, joylardagi nazorat ishlarining ochiqligi va fuqarolar murojaatlariga munosabat masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga murosasiz munosabatda bo‘lish, jamoatchilik bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish va shaffoflikni ta’minlash muhimligi alohida ta’kidlandi.







