Tadbirkorlar bilan uchrashuv
2025-11-25 16:00:00 / Yangiliklar
Tadbirkorlaring muammo va takliflarini bevosita o‘rganish, ulami tezkorlik bilan hal qilish hamda aniqlangan tizimli muammolar va ularing yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida Transport-logistika bo‘yicha respublika ishchi guruh a’zolari ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Xususan, joriy yilning 24-noyabr kuni Andijon shahridagi Savdo-sanoat palatasi binosida va Farg‘ona viloyati Transport boshqarmasida transport-logistika sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktori Bekzod Xolmatov rahbarligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda biznes muhitini yaxshilash, yuk va yo'lovchi tashish jarayonlarini optimallashtirish, soliq va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, yer munosabatlari, ekologik masalalar hamda hududlararo transport aloqalarini rivojlantirishga doir masalalar batafsil muhokama qilindi.




