Haydovchilar diqqatiga
2025-11-25 10:00:00 / Yangiliklar

Ushbu platforma orqali haydovchilar o‘z safarlari davomida uchraydigan muammolar, yo‘llardagi texnik nosozliklar, yo‘l-transport hodisalari yoki boshqa favqulodda vaziyatlar haqida tezkor xabar berishlari, shuningdek, sohaviy savollar yuzasidan murojaat yo‘llashlari mumkin.
Platformaga kelib tushgan barcha xabarlar va murojaatlar O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimlari tomonidan real vaqt rejimida ko‘rib chiqiladi va belgilangan tartibda amaliy choralar ko‘rilib, murojaatchiga tegishli javob qaytariladi.
Loyihaning joriy etilishi sohada ochiqlik, javobgarlik va tezkor boshqaruvni ta’minlashga xizmat qilib, haydovchilarning xavfsiz harakatlanishiga qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
