Litva Belarus bilan chegaradagi "Shalchininkay" va "Myadininkay" nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyatini qayta tikladi
2025-11-20 12:00:00 / Yangiliklar

Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma'lum qildi. Hukumat yig‘ilishida Ichki ishlar vazirligining Belarus bilan chegaradagi "Shalchininkay" (Шальчининкай) va "Myadininkay" (Мядининкай) nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyatini tiklash to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanib, Hukumatning joriy yil 29-oktyabrdagi qarori bekor qilindi.
Ushbu nazorat-o‘tkazish punktlari («Shalchininkay/Benyakoni» va «Myadininkay/Kamenniy Log») orqali harakatlanish 20-noyabr kuni soat 00:00 dan tiklandi.
