Ilk bor! O‘zbekistonliklar Sloveniya’da rasmiy ish boshlayapti
2026-02-03 12:45:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2025 yildagi Sloveniya’ga tashrifi doirasida mehnat migratsiyasi masalasida ham yangi sahifa ochilgan edi.
Tashrifdan so‘ng amaliy natijalar yo‘lga qo‘yildi. Forumlar, B2B uchrashuvlar o‘tkazildi, “Yo‘l xaritasi” va ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar imzolandi.
📌 Natija qanday?
🛫 Bugun tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan hamyurtlarimiz Sloveniya’ga vaqtincha mehnat faoliyatini olib borish uchun jo‘nab ketmoqda.
Ish beruvchi hisobidan:
🏠 Turar joy
🍽 Ovqatlanish
🩺 Tibbiy sug‘urta
📄 Viza va yo‘l xarajatlari qoplab berildi
💶 Boshlang‘ich maosh: 1 200 evrodan 1 600 evroga qadar (oylikdan tashqari bonuslar ham bor)
⌛ Bir oyda 180 soat ish
📆 Yiliga 22 kun rasmiy dam olish (otpusk)
🎬 Tafsilotlar — videoda.
📢 Xabarni tarqating!
👉 So‘nggi yangiliklar uchun — @uzmigration
