E-7 VIZASI ASOSIDA KOREYADA ISHLASH IMKONIYATI!
2026-01-14 11:35:00 / E’lonlar

Migratsiya agentligi va “HD Hyundai” hamkorligida Koreya standartlari asosida kemasozlik yo‘nalishida 3 oylik o‘quv kurslariga hujjatlar qabuli boshlandi.
O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar E-7 malakali ishchi vizasi orqali Koreyada rasmiy ish bilan ta’minlanadi!
Bo‘sh ish o‘rinlari:
⚙️ Bo‘yoqchi — 2 nafar
⚡️ Elektrik — 14 nafar
📅 Quyidagi hujjatlar 15–23-yanvar kunlari Migratsiya agentligining hududiy filiallarida qabul qilinadi:
- Anketa
- Tilxat
- Pasport nusxasi (rangli)
- 2 dona foto (3,5 × 4,5 sm)
- Bakalavr diplomi nusxasi (saralash bosqichidan so'ng apostil talab qilinadi).
Saralash tanlovlarini ish beruvchi suhbat va yozma imtihon asosida o'tkazadi (koreys tilida)
Loyihada kimlar ishtirok eta oladi?
▪️Kimyo, materialshunoslik, arxitektura, avtomobilsozlik, mexanik yoki elektr muhandisligi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha bakalavr diplomiga ega;
▪️Koreyada qonunbuzarligi va viza rad etilishi bo‘lmagan, sudlanmagan, sog‘lom, 35 yoshgacha bo'lganlar;
▪️Til sertifikati (TOPIK, Sejong, KIIP) mavjud nomzodlarga ustunlik beriladi.
❗️ Eslatma: faqat yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr diplomiga ega nomzodlar tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71 202 33 55 (ichki raqamlar: 241, 243, 244)
