⚠️ MEHNAT XAVFSIZLIGI — INSON HAYOTINING KAFOLATI
2026-01-14 12:30:00 / Yangiliklar

Hech qanday himoya vositalarisiz, muzlagan tom ustida ish olib borish hayot uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Afsuski, bunday holatlar og‘ir oqibatlarga olib kelmoqda.
Ochiq manbalar tahliliga ko‘ra:
🔵 Rossiyada ish joyidagi o‘lim holatlarining salmoqli qismi balandlikdan yiqilish bilan bog‘liq.
🔵 Har yili yuzlab insonlar xavfsizlik qoidalariga amal qilmasdan, himoya vositalarisiz ishlash oqibatida hayotdan ko‘z yummoqda.
🔵 Qurbonlarning katta qismi — xorijiy davlatlardan kelib ishlayotganlar.
❗️ Esda tuting: hech qanday daromad inson hayotidan ustun emas.
Ish beruvchidan xavfsizlik vositalari bilan ta’minlashni talab qiling va qoidalarga qat’iy amal qiling.
📌Xorijda ishlash davringizda mehnat huquqlaringiz buzilsa yoki ko‘ngilsiz hodisalar yuz bersa Migratsiya agentligiga murojaat qiling:
📞 Qisqa raqam: 1282
💬 Telegram bot: @huquqiy_yordam_uzbot — 24/7 rejimda.
📹 Video ochiq internet manbaalaridan olingan bo‘lib, undagi holatlar misol tariqasida keltirilgan.
