O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi to‘g‘risida NIZOM
Kengashning samarali ishini ta’minlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Kengashning vakolatiga kiradigan masalalar bilan bog‘liq murojaatlarni ko‘rib chiqadi va natijalari bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
Kengash yig‘ilishining bayonnomasini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomaning Kengash a’zolari hamda boshqa manfaatdor shaxslarga tanishtirilishini ta’minlaydi;
sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida muomalaga layoqatsiz, bedarak yo‘qolgan deb topilganda yoki sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga asosan ozodlikdan mahrum etilganda;
16. Kengash a’zolari va kotibiga Agentlikning budjetdan tashqari Madaniy meros jamg‘armasi hisobidan har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining uch baravari miqdorida haq to‘lanadi, Kengash a’zolari tarkibiga kiritilgan Agentlik boshqaruv xodimlari bundan mustasno.
Bunda Kengashda ko‘rib chiqish uchun kiritilgan masalalar yuzasidan Kengash yig‘ilishlarida ketma-ket uch marta ishtirok etmaslik yoki ovoz bermaslik ularga belgilangan to‘lovlar to‘lanmasligi hamda a’zolikdan chiqarish masalasini ko‘rib chiqish uchun asos hisoblanadi.
21. Kengash yig‘ilishlarining kun tartibi, shuningdek, ularni o‘tkazish joyi va vaqti Kengash raisi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra rais o‘rinbosari tomonidan belgilanadi.
Kengash a’zolari ovoz berish jarayonida betaraf qolishga haqli emas. Kengash qaroridan rozi bo‘lmagan Kengash a’zolari o‘zining alohida fikrini bayon qilishga haqli.
25. Foydalanish huquqi cheklangan axborotlar mavjud materiallar Kengashning yopiq yig‘ilishlarida Kengashning vakolatli a’zolari ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Ushbu yig‘ilishlarda qabul qilingan qarorlar belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinmaydi.
28. Kengash yig‘ilishi kun tartibining loyihasi kotib tomonidan Kengash a’zolarining takliflari va Kengash raisining topshirig‘i asosida shakllantiriladi.
30. Agentlik Kengashning qabul qilgan qaroriga qo‘shilmagan hollarda, Kengash qarorini olgan kundan boshlab o‘n kundan kechikmay unga asoslantirilgan taklif va e’tirozini yozma shaklda taqdim etadi.
33. Kengash bayonnomalaridan ko‘chirmalar alohida ro‘yxatga olinadi va Kengash raisi tomonidan imzolanadi hamda Agentlik muhri bilan tasdiqlangan holda manfaatdor shaxslarga yuboriladi.
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xo‘jalik ishlari, asrashga doir ishlarni amalga oshirish hamda ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar o‘tkazishga oid loyihalarni ko‘rib chiqish;
loyihada ko‘rsatilgan obyektning kadastr yig‘majildi (agar mavjud bo‘lsa);
bosh reja (M 1:500 masshtabda);
d) aholi punktlari bosh rejalarining loyihalarini ko‘rib chiqish va ularga xulosa berish uchun — BHMning 5 baravari.
42. Ilmiy-maslahat kengashlari ariza kelib tushganidan boshlab 7 ish kuni ichida (qushimcha o‘rganish talab etilganda 14 ish kunigacha) loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini hamda obyektni joyiga chiqqan holda o‘rganadi, taqdim etilgan loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarida xato-kamchiliklar aniqlangan taqdirda esa, ularni bartaraf etishda maslahat hamda amaliy yordam ko‘rsatadi.
44. Kengash Ilmiy-maslahat kengashi xulosasi kelib tushgandan boshlab 7 ish kuni ichida (qushimcha o‘rganish talab etilganda 14 ish kunigacha) arizada ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi (xulosa beradi).
48. Kengash faoliyati uning Nizomiga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi Agentlik direktori tomonidan nazorat qilinadi.
