Sayyohlar eng ko‘p tashrif buyurgan muzeylar beshtaligi
2025-09-05 09:30:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda Madaniy meros agentligi tizimida 114 ta davlat muzeyi faoliyat yuritib kelmoqda. Shundan 37 tasi asosiy muzey, 71 ta muzeylar filiallari hamda ulardan 6 tasi muzey-qo‘riqxona hisoblanadi.
Milliy statistika qo‘mitasi 2025-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra sayyohlar eng ko‘p tashrif buyurgan muzeylar beshtaligini e’lon qildi. Unga ko‘ra,
“Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasiga 1 035 325 nafar,
Registon ansambliga 908 225 nafar,
“Shon-sharaf” davlat muzeyiga 656 335 nafar,
“Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasiga 489 208 nafar,
“Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasiga 456 917 nafar mahalliy va xorijiy mehmonlar tashrif buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil mobaynida yurtimizdagi barcha muzeylarga jami 4,8 mln. nafar mehmon tashrif buyurgan bo‘lib, ulardan 1,4 mln. nafarini xorijiy sayyohlar tashkil etgan. Mamlakatimizda yildan-yilga ichki turizm salohiyati va xorijiy sayyohlar sonining ortib borishi respublikamiz tarixi va madaniy merosining jozibadorligidan dalolat beradi.
