Uydan chiqmasdan Registon maydoniga virtual sayohat qiling!
2025-02-24 15:15:00 / Yangiliklar

Texnologiya rivojlanishi bilan dunyoning turli burchaklaridagi tarixiy yodgorliklarni borib ko‘rmasdan ham tomosha qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Endilikda Registon maydonini ziyorat qilish uchun uzoq safarga chiqish shart emas. Registon360.uz platformasi sizga tarix va me’morchilikning betakror go‘zalligini uydan turgan holda kashf qilish imkonini beradi. Bu virtual sayohat nafaqat o‘quvchilar va tadqiqotchilar, balki tarix va madaniyatga qiziquvchilar uchun ham ajoyib imkoniyatdir.
O‘zbekistonning eng mashhur me’moriy majmualaridan biri Registon maydoniga endi https://registon360.uz/registan/index.html platformasi orqali virtual ravishda sayohat qilishingiz mumkin. Ushbu sayt orqali siz maydonning har bir burchagini 360° shaklda ko‘rib chiqishingiz va u haqida 3 ta tilda to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.
Virtual sayohatning afzalliklari:
1. Istalgan joydan kirish – sizga faqat internet va qurilma (telefon, kompyuter yoki planshet) kerak bo‘ladi.
2. 360° panoramali tasvirlar – Registonni xuddi o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rayotgandek his qilasiz.
3. Har bir madrasa haqida ma’lumot olish – Ulug‘bek madrasasi, Sherdor madrasasi va Tillakori madrasasining tarixi bilan onlayn gid orqali 3 ta tilda tanishishingiz mumkin.
4. Sayohat uchun sarf-xarajat talab etilmaydi, barcha xizmatlar bepul.
Ma’lumot uchun, Registon maydoni Samarqand shahrining markazida joylashgan bo‘lib, u XV-XVII asrlarda qurilgan uchta ulug‘vor uch madrasa: Ulug‘bek madrasasi (XV asr), Sherdor madrasasi (XVII asr), Tillakori madrasasi (XVII asr)dan iborat.
Hozirning o‘zida sayohatni boshlang: registon360.uz
