I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyining 3-qavati vaqtinchalik yopildi
2025-01-03 15:20:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktorining 2024-yil 27-dekabrdagi buyrug‘iga muvofiq, I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyining 3-qavatida muzey ashyo va buyumlarini yangi zamonaviy qiyofada namoyish etishga hozirlash-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Shu sababli muzeyning ushbu qavatdagi ekspozitsiya zallari 2025-yil 3-yanvardan 7-martga qadar tashrif buyuruvchilar uchun vaqtincha yopiladi.
Renovatsiya ishlari muzey ekspozitsiyalarini yangilash, zallarni ta’mirlash-tiklash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va tashrib buyuruvchi san’at ixlosmandlari uchun yanada qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Muzeyning 3-qavati ishga tushgunga qadar:
• muzeyda mavjud kolleksiyalar fond zaxira xonalariga joylashtiriladi;
• muzeyga kirish chiptalari hamda ekskursiya xizmatlariga 50% chegirma taqdim etiladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda barchangizni muzeyning hozirda faoliyat olib borayotgan 1 va 2-qavatlarini tomosha qilishga taklif etib qolamiz!