18-may — Xalqaro muzeylar kuni
2026-05-18 10:00:00 / Yangiliklar

Madaniy meros agentligi barchangizni 18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Agentlik tizimidagi barcha davlat muzeylarida tashkil etilayotgan “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etadi. Bayram munosabati bilan barcha muzeylar ushbu kunda bepul xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, bayram dasturi asosida muzeylarda qiziqarli ko‘rgazmalar, mahorat darslari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda ko‘ngilochar dasturlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Barcha yurtdoshlarimizni yurtimiz muzeylariga tashrif buyurishga chorlab qolamiz!
